000%

asilbekdev

asilbek Abdunabiyev

Fullstack dasturchi · Kiberxavfsizlik

Vebsayt, Telegram bot, AI avtomatlashtirish va kiberxavfsizlik xizmatlarini taklif qilaman.

Shahar bo‘ylab pastga

G‘oyadan tayyor mahsulotgacha.

Salom, men Asilbek — Samarqandda ishlaydigan dasturchiman. Bizneslar uchun vebsaytlar, Telegram botlar va sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan avtomatlashtirilgan tizimlar yarataman.

Har bir loyihada ishonchlilik va xavfsizlikka alohida e’tibor beraman: tizim nafaqat qulay ishlashi, balki ma’lumotlaringizni ham ishonchli saqlashi kerak. @asilbekblog Telegram kanalimda esa o‘z tajribamdan foydali maslahatlar va kod namunalari bilan bo‘lishaman.

Joylashuv
Samarqand, O‘zbekiston
Asosiy stek
PHP · Laravel · Python
Ma’lumotlar
MySQL · Redis
Infratuzilma
Docker · WebSocket · Linux
Xavfsizlik
Audit · Hardening
Kanalga o‘tish

Ishlab chiqilgan mahsulotlar

Har biri real foydalanuvchilar uchun qurilgan — ba’zilari ishlayapti, ba’zilari hali qurilmoqda.

  1. 01

    Sam Car Renta LLC

    Samarqand uchun onlayn avtomobil ijarasi platformasi samcr.uz: narx, tavsif va ijara shartlari bilan avtomobillar katalogi (Gentra, Spark, Nexia 3, Changan Eado), tez onlayn buyurtma formasi (ism, telefon, sana, izoh), sug‘urta va javobgarlik bo‘limlari hamda afzalliklar bloki (tez ijara, to‘liq sug‘urta, toza avtomobillar, bonus dasturi, yetkazib berish va qaytarib olish, texnik xizmat). Mijoz bir necha daqiqada avtomobil tanlab, so‘rov qoldiradi. Sayt barcha qurilma va brauzerlarda bir xil ishlaydi.

    security · seo samcr.uz
  2. 02

    Yasovchi

    Tayyor Telegram bot yechimlarini taqdim etuvchi platforma: Click, Payme va Paynet to‘lovlari, batafsil statistikali admin panel, AI yordamchi va Google orqali ro‘yxatdan o‘tish.

    web · telegram botpro.uz
  3. 03

    Uty Cargo

    2023-yilda kichik ekspeditor sifatida boshlandi, uch yilda milliy multimodal operatorga aylandi. Bugun 17 000+ vagon, 4 depo, 5 yuk hovlisi va 6 filial ishlaydi. Rossiya, Xitoy, Yevropa, Eron va MDH yo'nalishlarida O'zbekistonni dunyo bilan bog'laymiz.

    temir yo'l · logistika Rasmiy Sayt
  4. 04

    SamDU CRM

    Samarqand davlat universiteti uchun yagona boshqaruv tizimi: yuz tanish terminallari orqali avtomatik davomat, guruhlar va o‘quv jarayoni nazorati, to‘lovlar hisobi va qarz eslatmalari, o‘qituvchilar oyligi. Ota-onalar farzandining kelib-ketishi va to‘lovlarini Telegram bot hamda Mini App orqali real vaqtda kuzatadi.

    crm · face id · telegram yopiq tizim
  5. 05

    Portfolio

    Siz hozir ko‘rib turgan sayt: Three.js’da qo‘lda qurilgan 3D shahar, kunduzgi va tungi rejim, uch tilda.

    three.js · webgl
  6. 06

    Registon Education Center

    O‘zbekiston bo‘ylab 50 dan ortiq filialli Registon o‘quv markazining rasmiy sayti rgn.uz: kurs sahifalari, sinov darsiga ro‘yxatdan o‘tish oynasi, FAQ va «Biz haqimizda» bo‘limi. Qo‘shimcha ravishda PHP’da Telegram bot yaratdim, u sinov darsiga yozilishni avtomatlashtiradi. Hammasi g‘oyadan ishga tushirishgacha yakka o‘zim bajarildi.

    o‘quv markaz · telegram bot Telegram
  7. 07

    Samcity Media

    Registon yodgorlik majmuasi direksiyasining rasmiy sayti registon.uz (Samcity Media jamoasida): Joomla'da uch tilli interfeys, asosiy navigatsiya va onlayn chipta sotib olishning ko‘p bosqichli jarayoni (Tur → Qayerdan → Mehmonlar → To‘lov), Click va Payme to‘lovlari backend jamoasi bilan birga ulandi. Maketdan ishga tushirishgacha qatnashdim, keyin ham saytni yangilab bordim.

    joomla · payme · click Samcity Media.uz
  8. 08

    Kuy Navo Bot

    Instagram, TikTok, YouTube, Snapchat, Likee, Pinterest va Threads’dan suv belgisiz video va audio yuklab beruvchi Telegram bot. Bitta havola yetarli, kontent tez va sifatini yo‘qotmasdan qaytariladi. Shazam orqali qo‘shiq nomini aniqlaydi. Shaxsiy chatlarda ham, guruhlarda ham ishlaydi.

    bot · video · audio @kuynavobot

Nima bilan yordam bera olaman

To‘rt xona — to‘rt yo‘nalish. Har biri boshidan oxirigacha.

  • 01

    Web dasturlash

    Tez ochiladigan, ishonchli web sayt va ilovalar — dizayndan serverga joylashgacha.

    Laravel · JS · MySQL

  • 02

    Telegram botlar

    Biznes jarayonlarini avtomatlashtiradigan, murakkab logikali botlar va to‘lov integratsiyalari.

    Python · PHP · Bot API

  • 03

    API integratsiya

    Turli tizimlar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi: REST API, webhooklar, real vaqt kanallari.

    REST · WebSocket · Redis

  • 04

    Kiberxavfsizlik

    Sayt va serverlarni xavfsizlik auditidan o‘tkazish, zaifliklarni topish va tizimni mustahkamlash.

    Audit · Hardening · Linux

Keling, birga quramiz

Loyihangiz yoki savolingiz bormi? Yozing — xabar to‘g‘ridan-to‘g‘ri menga keladi va o‘zim javob beraman.